Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

BOLAGA TOʻLANADIGAN ALIMENTDAN TASHQARI ONA TAʼMINOTI UCHUN TOʻLANADIGAN TAʼMINOTNING ENG KAM MIQDORI QANCHA ?


BOLAGA TOʻLANADIGAN ALIMENTDAN TASHQARI ONA TAʼMINOTI UCHUN TOʻLANADIGAN TAʼMINOTNING ENG KAM MIQDORI QANCHA ?

 

Oila kodeksining 118-moddasiga koʻra, sobiq xotin homiladorlik davrida va oʻrtada bola tugʻilgan kundan boshlab uch yil davomida sobiq turmush oʻrtogʻidan oʻzining taʼminoti uchun moddiy taʼminot olishi mumkinligi belgilangan.

 

➖ Mazkur kodeksning 119-moddasida esa, ona oʻzining taʼminoti uchun oladigan taʼminotining eng kam miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdori (hozirgi kunda 1050 000 soʻm)ning 11,75 foizi (123 375)dan kam boʻlmasligi lozimligi belgilangan.

 

✏️ Demak, voyaga yetmagan bolalarga toʻlanadigan alimentdan tashqari onaga beriladigan taʼminotning eng kam miqdori hozirgi kunda 123 375 soʻmdan kam boʻlishi mumkin emas. Ushbu taʼminotning eng koʻp miqdori esa qonunchilikda belgilanmagan. Bunday taʼminotni undirish boʻyicha ishni koʻrib chiqayotgan sud javobgar tarafning toʻlovga qobiliyatini va uning moddiy ahvolini xisobga olgan holda mazkur taʼminot miqdorini mustaqil belgilaydi.

 

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                                        S.Djamalov