Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Tug`ruqxonadan tashqarida tu`gilgan shaxsning tug`ilishi qanday qayd etiladi?


Tug`ruqxonadan tashqarida tu`gilgan shaxsning tug`ilishi qanday qayd etiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.2023-yildagi “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida” 550-sonli qarorining 19-bandida “16 yoshdan oshgan tibbiy muassasadan tashqarida va tibbiy yordamsiz tug‘ilgan bolaga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnoma rasmiylashtirilmagan shaxslarning tug‘ilganligini qayd etish sudning hal qiluv qarori asosida amalga oshiriladi” deb ko`rsatilgan.

Shuningdek, agar bola 16 va undan katta yoshda bo‘lsa va unga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan rasmiylashtirilgan tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lsa, uning tug‘ilishi ota-ona yoki ulardan biri va voyaga yetgan bolaning arizasiga ko‘ra qayd etiladi.

Bekobod shahar Adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish

markazi bosh yuristkonsulti:                       Djurayeva Dildara Adxambayevna