Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Shaxs vafot etganda uning shaxsi bilan chambarchas bo‘lgan huquq va majburiyatlari bekor bo‘ladi


Shaxs vafot etganda uning shaxsi bilan chambarchas bo‘lgan huquq va majburiyatlari bekor bo‘ladi

Shaxs vafot etganda uning shaxsi bilan chambarchas bo‘lgan huquq va majburiyatlari bekor bo‘ladi, boshqacha qilib aytganda tugaydi. Lekin shaxsning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan huquq va majburiyatlari borki, ular shaxs vafot etgandan keyin ham bekor bo‘lmaydi, balki ushbu huquq va majburiyatlar shaxsning merosxo‘rlariga o‘tadi. Bunday majburiyatlar qatoriga soliq munosabatlaridan kelib chiqadigan majburiyatlar ham kiradi.

???? O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 94-moddasiga ko‘ra, vafot etgan yoki sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilingan soliq qarzi mavjud bo‘lgan jismoniy shaxsga hisoblangan yoki hisoblanishi kerak bo‘lgan faqatgina penya va jarimalar umidsiz qarz sifatida baholanishi belgilab qoyilgan. Qarzlari esa soliq to‘lovchining meros qilib qoldiradigan mol-mulkini meros qilib olgan merosxo‘ri (merosxo‘rlari) tomonidan meros mol-mulkining qiymati doirasini inobatga olgan holda uzilishi ko‘rsatilgan.

Misol uchun, meros qoldiruvchining 100 mln. so‘m miqdorida soliq qarzi mavjud. U qoldirgan meros mol-mulki 80 mln. so‘m tashkil etadi. Bunday holatda merosxo‘rlar faqatgina 80 mln. so‘m qiymatidagi soliq qarzini to‘laydilar, xolos. Meros mol-mulkidan ortiqcha qarz umidsiz qarz sifatida baholanadi.

???? Yuqoridagi qoidalar daromad va ijtimoiy soliqdan tashqari boshqa soliq qarzlarga nisbatan qo‘llaniladi.

✅ Xulosa qilib aytganda, vafot etgan jismoniy shaxsning daromad va ijtimoiy soliqdan qarzlari umidsiz qarz sifatida deb e’tirof etiladi. Umidsiz qarzlar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 96-moddasiga ko‘ra, soliq organlari tomonidan belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.

 

 

 

O`rta Chirchiq tumani

yuridik xizmat ko`rsatish

markazi boshlig`I                                                                            A.Mirzayev