Янгиликлар
2023-yilda magistraturani tugatib maktabda o‘qituvchi lavozimida ishlayapman. Menga malaka toifasi qay tartibda belgilanadi?
2023-yilda magistraturani tugatib maktabda o‘qituvchi lavozimida ishlayapman. Menga malaka toifasi qay tartibda belgilanadi?
⚠️ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda ilgari attestatsiyadan o‘tmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga attestatsiyaga jalb etilgunga qadar quyidagi tartibda malaka toifasi (lavozim) berilishi aytib o‘tilgan:
➖bakalavr darajasiga ega pedagog kadrlarga — mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi;
➖magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek, oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);
➖fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).
O`rta Chirchiq tumani
yuridik xizmat ko`rsatish
markazi boshlig`I A.Mirzayev