Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?


Haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?

 

☑️ Haqorat qilganlik – shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

 

❕Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda haqorat qilgan shaxsga nisbatan 6 mln 800 ming so‘mdan 13 mln 600 ming so‘mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

 

⏩ Agar ushbu huquqbuzarlik 1 yil ichida takroran sodir etilsa, huquqbuzarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi.

 

???? Jinoyat kodeksiga (https://lex.uz/docs/111453#262273) asosan haqorat qilgan shaxsga:

 

▫️68 mln so‘mgacha miqdorda jarima;

▫️240 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

▫️1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi berilishi mumkin.

 

???? Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali haqorat qilinsa, ushbu harakat to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoyat hisoblanadi va aybdor:

 

▫️68 mln so‘mdan 136 mln so‘mgacha jarima;

▫️240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

▫️1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.

 

✅ Agarda haqorat qilish:

 

➖jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda;

➖xavfli residivist tomonidan;

➖tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan bo‘lsa:

 

▫️136 mln so‘mdan 204 mln so‘mgacha miqdorda jarima;

▫️2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

▫️1 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.

 

O`rta Chirchiq tumani

yuridik xizmat ko`rsatish

markazi boshlig`I                                                                            A.Mirzayev