Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Savol: Sobiq turmush o'rtog'im ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarim uchun aliment to'laydi. Biroq, hozirda bir bolam og'ir kasal bo'ldi va uning davolanishiga qo'shimcha pul kerak bo'lmoqda. Men farzandimning otasidan bolamni davolatish uchun qo'shimch


Savol: Sobiq turmush o'rtog'im ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarim uchun aliment to'laydi. Biroq, hozirda bir bolam og'ir kasal bo'ldi va uning davolanishiga qo'shimcha pul kerak bo'lmoqda. Men farzandimning otasidan bolamni davolatish uchun qo'shimcha pul talab qilishim mumkinmi?

 

Javob: Oila kodeksining 103-moddasiga asosan ota-ona favqulodda holatlar (bolaning og‘ir shikastlanishi, kasal bo‘lishi va boshqalar) tufayli kelib chiqqan, bolaning ta’minoti uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarda ishtirok etishi shart.

Qo‘shimcha xarajatlarda ishtirok etishdan bosh tortgan ota (ona)dan sud ularning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olib, qo‘shimcha xarajatlarni qisman pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada undirish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.

 

 

O`rta Chirchiq tumani

yuridik xizmat ko`rsatish

markazi boshlig`I                                                                            A.Mirzayev