Янгиликлар
.Men sinf rahbarman, yaqinda bir oʻquvchimning onasini iltimosi bilan turmush oʻrtogʻining pasport nusxasini bergan edim, keyin eri kelib, nimaga meni shaxsiy maʼlumotimni tarqatasan? Seni ishdan boʻshataman deyapti.U haqlimi?

????Javob: Shikoyat qilishga haqli, ammo u shaxs ishdan boʻshata olmaydi.
Asos: MJTK ning 46²-moddasiga koʻra, shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish- fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
????Bugungi kunda bazaviy hisoblash miqdori 340 ming soʻmni tashkil etadi.
♦️Shu harakatlar, bir yil ichida yana takrorlansa, Jinoyat kodeksi 141²-moddasiga asosan, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish(qamoq) jazosi bilan jazolanishi mumkin.
P/s: Xulosa qiladigan boʻlsak, shaxsga doir maʼlumotni uning egasining yozma roziligisiz, boshqa shaxsga berish ham mumkin emas, aks holda, yuqoridagi javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin. Kimgadir yordam beraman deb oʻzingizning oyogʻingizga bolta urmang.
O`rta Chirchiq tumani
yuridik xizmat ko`rsatish
markazi boshlig`I A.Mirzayev