Янгиликлар
Vazirlar Mahkamasining 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, xotin-qizlar quyidagi hollarda «Ayollar daftari»dan chiqariladi:
Vazirlar Mahkamasining 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, xotin-qizlar quyidagi hollarda «Ayollar daftari»dan chiqariladi:
???? har bir toifa bo‘yicha belgilangan amaliy yordamlar to‘liq ko‘rsatilganda (individual dastur asosida);
???? to‘liq davlat ta’minotiga olinganda;
???? o‘z arizasiga ko‘ra;
???? «Ayollar daftari»ga noqonuniy kiritilganligi aniqlanganda;
???? boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda;
???? sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
???? shaxs vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilganda.
❗️"Ayollar daftari"ga kiritilgan ayollarning masalalari to‘liq hal etilmagunicha ular ushbu daftardan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O`rta Chirchiq tumani
yuridik xizmat ko`rsatish
markazi boshlig`I A.Mirzayev