Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Elektrga ulanish uchun yangi iste’molchilarga elektr xisoblagichni iste’molchini o‘zi sotib olishi kerakmi yoki elektr tarmoqlari korxonasi bepul o‘rnatib berishi kerakmi?


Elektrga ulanish uchun yangi iste’molchilarga elektr xisoblagichni iste’molchini o‘zi sotib olishi kerakmi yoki elektr tarmoqlari korxonasi bepul o‘rnatib berishi kerakmi?

 

Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018-yil kungi 22-son qarorining 2-bandiga ko‘ra, maishiy iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish zamonaviy uskunalarini xarid qilish, o‘rnatish, ro‘yxatdan o‘tkazish, davriy davlat qiyoslovi va plombalash tegishli ravishda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta’minoti tashkilotlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi deb ko‘rsatilgan.

 

✏️ Demak, elektr iste’molini hisobga olish zamonaviy uskunalarini xarid qilish hududiy elektr tarmoqlari korxonasining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi, ya’ni Sizga bepul o‘rnatib berilishi kerak. Faqat tezroq o‘rnatib oling! Sababi, shu yili aprel oyidan boshlab bu tartib o‘zgaradi va iste’molchilar elektr xisoblagichni o‘zlarining xisobidan olishlariga to‘g‘ri keladi. Bu bo‘yicha hukumatning tegishli qarori ishlab chiqilgan.

 

O`rta Chirchiq tumani

yuridik xizmat ko`rsatish

markazi boshlig`I                                                                            A.Mirzayev