Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

"Pedagogning maqomi to‘g‘risida" gi O‘RQ-901-son qonun Prezident tomonidan imzolandi.


"Pedagogning maqomi to‘g‘risida" gi O‘RQ-901-son qonun Prezident tomonidan imzolandi.

 

❗️Qonunga ko‘ra, pedagoglarning davlat huquqiy himoyasiga doir bir-qancha qat’i normalar belgilandi. Xususan, qonun bilan quyidagilar taqiqlanadi:

 

✅ pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;

 

✅ pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;

 

✅ pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.

 

 

 

O`rta Chirchiq tumani

yuridik xizmat ko`rsatish

markazi boshlig`I                                                                            A.Mirzayev