Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Pedagog xodim malaka oshirishga onlayn o‘qisa bo‘ladimi?


Pedagog xodim malaka oshirishga onlayn o‘qisa bo‘ladimi?

 

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qaroriga 1-ilovada tasdiqlangan Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 64-bandiga asosan malaka oshirish ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan tabaqalashtirilgan ishchi o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

 

Endi qarang! Reestr orqali har yili 5-oktabrda navbatdagi kalendar yilda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari haqidagi ma’lumotlar kurslarni tashkil qiladigan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari hamda elektron platforma bo‘yicha barcha xodimlar e’tiboriga havola qilinadi (nizom 68-band).

 

Ushbu nizom 69-bandiga asosan xalq ta’limi tashkilotining har bir xodimi, joriy yilning 6-oktabridan 15-oktabriga qadar, o‘z ehtiyoji va ixtiyoridan kelib chiqib, navbatdagi kalendar yilda malaka oshiradigan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotini tanlaydi.

 

Yuqoridagilarga ko‘ra, pedagog xodim har yili 15-oktabrga qadar malaka oshirish uchun ta’lim tashkilotida ishlab chiqarishdan ajralgan holda malaka oshirish yoki nizom 68-bandiga asosan elektron platfomra orqali malaka oshirishni tanlaydi.

 

Shunga ko‘ra siz ham qaysi usulda malaka oshirishni tanlagan bo‘lsangiz, shu usulda malaka oshirishingiz kerak.

 

 

O`rta Chirchiq tumani

yuridik xizmat ko`rsatish

markazi boshlig`I                                                                            A.Mirzayev