Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Maktablardagi bo‘sh sinf xonalari repetitorlar va o‘quv markazlari uchun bepul ijaraga beriladi


Maktablardagi bo‘sh sinf xonalari repetitorlar va o‘quv markazlari uchun bepul ijaraga beriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoev 23 fevral kuni yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Maktablardagi bo‘sh sinf xonalari chet tili repetitorlari va o‘quv markazlari uchun bepul ijaraga beriladi. Qishloq joylardagi o‘quvchilarning o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan 100 ta xususiy o‘quv markazining ijara xarajatlari 6 oygacha kompensatsiya qilinadi.

 

Shuningdek, xususiy kurslarda o‘qib, C1 sertifikatini olgan yoshlarga o‘qish xarajatlari, nemis, fransuz, koreys, yapon va xitoy tillari bo‘yicha esa B2 darajasi sertifikatini olish xarajatlari qoplab beriladi.

 

Yana bir yangilik – bu yil nafaqat sertifikat olishdagi imtihon xarajati, balki olti oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi.

 

O`rta Chirchiq tumani

yuridik xizmat ko`rsatish

markazi boshlig`I                                                                            A.Mirzayev