Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Xorijdagi shaxs aliment masalasida sudga chaqirilganda, uning o‘rnidan biror tanishi qatnashishi mumkinmi?


Xorijdagi shaxs aliment masalasida sudga chaqirilganda, uning o‘rnidan biror tanishi qatnashishi mumkinmi?

Sudda o‘zingiz qatnasha olmasangiz, unda o‘zingiz yashab turgan davlatning vakolatli organidan (notariusdan) sudda sizning nomingizdan qatnashish uchun O‘zbekistondagi biror tanishingizga ishonchnoma yuborishingiz mumkin.

 

Shunda o‘sha shaxs sizning nomingizdan sudda qatnishishga haqli.

 

Shuni ham aytish kerakki, siz kelmasangiz ham sud ishni ko‘rishi mumkin.

 

Fuqarolik protsessual kodeksining 280-moddasiga asosan sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan, kelmaganligining uzrli sabablari borligi haqida xabar bermagan va ishni uning ishtirokisiz ko‘rish to‘g‘risida so‘ramagan taqdirda, agar da’vogar bunga e’tiroz bildirmasa, ish sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rilishi mumkin. Bunda ishni bunday tartibda ko‘rish haqida sud ajrim chiqaradi.

Shunga ko‘ra sizdagi holatda sud majlisi bo‘lishi haqida xabador bo‘lganingiz uchun sudga bormasangiz, sud ishni birinchi marta keyinga qoldirishi mumkin. Kelasi safar ham sudga bormasangiz, ishni sizning ishtirokingizsiz ham ko‘rishi mumkin.

 

O`rta Chirchiq tumani

yuridik xizmat ko`rsatish

markazi boshlig`I                                                                            A.Mirzayev