Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Qonunchilikka ko‘ra, umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan va ulardan foydalanuvchi shaxslar, ular foydalanishga topshirilgan kundan e’tiboran 3 yil muddatga, quyidagi soliqlar


Qonunchilikka ko‘ra, umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan va ulardan foydalanuvchi shaxslar, ular foydalanishga topshirilgan kundan e’tiboran                     3 yil muddatga, quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etilishi belgilangan:

 

- ushbu qurilmalar bo‘yicha — yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, alohida turuvchi qurilmalar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha — yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini, elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotishdan olingan foyda bo‘yicha — foyda solig‘ini;

 

- uy-joy fondining ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini.

 

Agar qurilmalar o‘rnatilayotgan quyosh panellari quvvatining 25 foizidan kam bo‘lmagan quvvatni tashkil etadigan elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa, yuqoridagi soliq imtiyozlari ular foydalanishga topshirilgan kundan boshlab 10 yil muddatga qo‘llaniladi.

 

Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuristkonsulti                                            U.Fayzullaev

 

 

12.09.2024 yil