Янгиликлар
XUSUSIY SEKTORDA ISHLOVCHI AYOLLARNING DEKRET PULI OLISH TARTIBI
XUSUSIY SEKTORDA ISHLOVCHI AYOLLARNING DEKRET PULI OLISH TARTIBI
Faoliyat turidan qat’iy nazar yuridik shaxs tashkil qilib, faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan ayollarga “dekret” pulining bir qismi davlat byudjeti hisobidan to‘lab beriladi. Umumiy tartib Mehnat kodeksiga asosan ishlaydi. Deylik ayolning ish staji va oylik maoshini inobatga olgan holda, unga “dekret” puli 6 million so‘m chiqadi – shu summaning 2 million so‘mi davlat tomonidan kompensatsiya qilib beriladi. Qolgan qismini tadbirkor o‘zi to‘lab berishi kerak.
Talablar:
Nafaqaga talabgor ayol kamida uzluksiz 6 oy davomida o‘sha korxonada ishlagan bo‘lishi kerak;
Yagona milliy mehnat tizimida rasman band bo‘lgani, korxona tomonidan mehnat daftarchasi ochilgani hamda uning buyruqlari korxona tomonidan kiritilgani hisobga olinadi;
Shuningdek, 6 oy davomida ayolning Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida daromadlari va soliq to‘lovlari aks ettirilgan bo‘lishi kerak;
Nafaqa faqatgina 2022 yilning 1 sentyabridan boshlab “dekret”ga chiqqan ayollarga to‘lab beriladi.
Qayerga murojaat qilish kerak?
Hech qayerga murojaat qilish shart emas, jarayon pro-aktiv (elektron ko‘rsatiladigan xizmat) tarzda amalga oshiriladi. Ayollar “dekret”ga chiqishdan oldin xohlaydimi, yo‘qmi, tibbiyot muassasalariga murojaat qilib, “bolnichniy list” olishadi. Tibbiyot muassasalarida IT hamshiralar bor, ular byulleten berishdan oldin ayolni yagona ijtimoiy himoya reyestriga alohida ro‘yxatdan o‘tkazishadi.
O`rta Chirchiq tumani
yuridik xizmat ko`rsatish
markazi boshlig`I A.Mirzayev