Янгиликлар
“Dekret” puli ajratish jarayoni qanday kechadi?
“Dekret” puli ajratish jarayoni qanday kechadi?
Birinchi bosqich ro‘yxatga olishdan boshlanadi. Ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilsa, ular bazaga tushadi, keyingi bosqichda elektron tekshirish boshlanadi. Ya’ni ma’lumotlar bazaga kelib tushgach, UZASBO dasturi orqali ayol yuridik shaxsda yoki davlat tashkilotida ishlovchi ekani aniqlanadi.
Hozirgi kunda davlat muassasalarida ishlovchi ayollarning nafaqa puli davlat byudjetidan to‘lab beriladi, shuning uchun agar u ayol davlat tashkilotida ishlasa, unga “dekret” puli davlat tomonidan to‘lab berilishi kafolatlangan. Agar ayol ham davlat tashkiloti va ham xususiy sektorda ishlasa, bunda uning birinchi ish joyi inobatga olinadi.
Har ikkala tomondan dekret puli to‘lab berilmaydi. UZASBOdan tekshirib bo‘lgandan keyin ayolning ma’lumotlari keyingi bosqichga o‘tkaziladi. Bu bosqichda Davlat soliq qo‘mitasining bazasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlarining yagona milliy mehnat tizimi orqali elektron tekshiriladi.
Bu ikkalasida ham ayol mavjud bo‘lsa, uning bazaga kiritilgan (ayti hamshirasiga berilgan) raqamiga “sizga nafaqa tayinlandi, keyingi oyning 10-sanasigacha pul to‘lab beriladi”, degan sms boradi. Xuddi shu ma’lumot Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasida ish beruvchining shaxsiy kabinetiga ham yuboriladi:
Ayol nafaqani olishi haqida bildi, endi tadbirkor umumiy to‘lab berilishi kerak bo‘lgan summadan 2 million so‘mini chegirib, qolganini to‘lab beradi.
O`rta Chirchiq tumani
yuridik xizmat ko`rsatish
markazi boshlig`I A.Mirzayev