Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Servitut nima


 

Servitut nima

 

O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — ko‘chmas mulk (yer uchastkasi, boshqa ko‘chmas mulk) egasining qo‘shni yer uchastkasidan, zarur hollarda esa boshqa yer uchastkasidan ham cheklangan tarzda foydalanish huquqidir. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 30-moddasiga asosan, servitut o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish, o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish, o‘zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish, o‘zganing yer uchastkasidan ekinzorlarni va qishloq xo‘jaligi hayvonlarini sug‘orish uchun suv olish, qishloq xo‘jaligi hayvonlarini o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish, o‘zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish maqsadlarda belgilanishi ko‘rsatilgan.

 

Servitut to‘g‘risidagi shartnomalar kadastr organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tish 1 kun davomida, bepul amalga oshiriladi. Servitut bilan yuklangan yer uchastkasining egasi, servitut o‘rnatilishidan manfaat olgan shaxsdan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun mutanosib to‘lov talab qilishga haqlidir.

 

Agar ikki taraf kelisha olmasa, ushbu masala fuqarolik sudida ko‘rib chiqiladi.

 

 

 

 

O`rta Chirchiq tumani

yuridik xizmat ko`rsatish

markazi boshlig`I                                                                            A.Mirzayev