Янгиликлар
O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish
Yurxizmat.uz platformasida huquqiy xizmatlardan foydalaning
Adliya vazirligi tomonidan aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida www.yurxizmat.uz – O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” axborot tizimi ishlab chiqilgan.
Siz ushbu axborot tizimi orqali:
huquqiy hujjat namunalarini bepul yaratasiz;
huquqiy hujjatlarni tayyorlashda vaqtdan yutasiz;
yuristlar yoki advokatlar ishtirokisiz mustaqil harakat qilasiz.
Hozirda saytda 1700 dan ortiq hujjat namunalari mavjud bo‘lib, ularning qamrovi muntazam kengaytirib borilmoqda.
Shuningdek, foydalanuvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida huquqiy hujjat namunalarining rus tilidagi (https://www.yurxizmat.uz/ru/)shakllarini yaratish va yuklab olish imkoniyati yaratildi.
Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi YuXKM
boshlig’i
Sh.I.Suleymanov