Янгиликлар
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-322-son, 12.09.2024 y.) qabul qilindi
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-322-son, 12.09.2024 y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatlari o‘rtasida madaniy boyliklarni o‘g‘irlash, yashirin qazish va noqonuniy olib kirish va olib chiqishning oldini olish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.
Bitim, 2024 yil 24 yanvar kuni Pekin shahrida imzolangan.
Madaniy meros agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Quyi Chirchiq tuman adliya bulimi yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi boshlig’I Sh.I.Suleymanov
19.09.2024 yil