Янгиликлар
Davlat mulki ijarachilariga davlat mulkini auksion savdolarisiz baholangan narxda to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olish imkoni beriladi
Davlat mulki ijarachilariga davlat mulkini auksion savdolarisiz baholangan narxda to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olish imkoni beriladi
Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali 2024 yil 1 yanvarga qadar tuzilgan ijara shartnomalari bo‘yicha ijaraga olinganiga kamida besh yil bo‘lgan davlat mulki ob’ektini Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida kapital ta’mirlash, modernizatsiya qilish, tevarak-atrofini obodonlashtirish va bino-inshootlarni turli darajada yaxshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan va ijara to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lab kelingan hamda ushbu ob’ekt xususiylashtirish dasturiga kiritilgan taqdirda ularga ushbu davlat mulki ob’ektini baholangan qiymatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish huquqi beriladi.
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i B.B.Mavlanov