Янгиликлар
Aliment miqdorini kamaytirish yoki aliment to‘lashdan ozod etish mumkinmi?
Aliment miqdorini kamaytirish yoki aliment to‘lashdan ozod etish mumkinmi?
Ha, mumkin. Aliment to‘lovchining boshqa voyaga yetmagan bolalari bo‘lib, undan aliment undirilganda o‘sha bolalar aliment olayotgan bolalarga nisbatan kamroq ta’minlanib qoladigan bo‘lsa, shuningdek, qonunchilikda belgilangan boshqa bir qator hollarda aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin.
Agar voyaga yetmagan bola davlat yoki nodavlat muassasalarining to‘liq ta’minotida bo‘lsa, sud to‘lanayotgan aliment miqdorini kamaytirish yoki uni aliment to‘lashdan ozod qilishi mumkin.
???? Eslab qoling, ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota yoki ona aliment to‘lash majburiyatidan ozod qilinmaydi.
Voyaga yetmagan yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga aliment to‘lash haqidagi sudning hal qiluv qarorini bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslar oila kodeksining 79-moddasiga asosan, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi, shuningdek, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i B.B.Mavlanov