Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Qarzdor undiruv birinchi navbatda qaratilishi lozim bo‘lgan mol-mulk turlari yoki ashyolarni o‘zi ko‘rsatishga haqli.


Qarzdor undiruv birinchi navbatda qaratilishi lozim bo‘lgan mol-mulk turlari yoki ashyolarni o‘zi ko‘rsatishga haqli.

????“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga ko‘ra, davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan o‘n besh kun muddat belgilaydi va qarzdorni mazkur muddat tugaganidan keyin ijro hujjatidagi talablar undan ijro yig‘imi, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar, shuningdek ijro xarajatlari undirilgan holda majburiy ijro etilishi to‘g‘risida xabardor qiladi.

Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror nusxasi u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek hujjati ijro etilishi lozim bo‘lgan sud yoki boshqa organga yuboriladi.

Qonunning 60-moddasida qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkini xatlash va realizatsiya qilish qanday ketma-ketlikda amalga oshirilishi belgilangan.

Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat

          ko‘rsatish markazi boshlig‘i                                             B.B.Mavlanov