Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

FHDYO DAN NIKOHNI BEKOR QILISh RO‘YXATDAN O‘TKAZILMASA, NIKOH BEKOR QILINMAGAN HISOBLANADI.


FHDYO DAN NIKOHNI BEKOR QILISh RO‘YXATDAN O‘TKAZILMASA, NIKOH BEKOR QILINMAGAN HISOBLANADI.

Oila kodeksining 47-moddasida Nikohdan ajratilganda nikohning tugatilish vaqti qoidasi berilgan bo‘lib, unga ko‘ra, Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratilganlik ro‘yxatga olingan kundan boshlab tugatilishi belgilangan.

Ya’ni bundan kelib chiqadiki, sud ajrim to‘g‘risida qaror qabul qilib, u kuchga kirgani bilan, FHDYo da ro‘yxatdan o‘tmaguncha nikoh tugatimaydi.

Shuningdek, FHDYo yo‘rinomasida ham FHDY organi sud qarori asosida er-xotinlardan birining arizasiga binoan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va nikohdan ajratish to‘g‘risidagi guvohnomani berishi ta’kidlangan.

Demak, sizning singlingiz va uning turmush o‘rtog‘i FHDYoga borib ushbu shaklda nikohdan ajratilganlikni qayd qildirib guvohnoma olmagan bo‘lsa, nikoh tugatilmagan hisoblanadi.

Shunday bo‘lsa ham, shaxslar FHDYo organi bazasidan o‘zlarining nikohi haqidagi ma’lumotlarni so‘rab olishlari va ishonch hosil qilishlari tavsiya etiladi.

Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat

          ko‘rsatish markazi boshlig‘i                                             B.B.Mavlanov