Янгиликлар
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonunning 49-moddasiga asosan, pensiyalarni qayta hisoblash quyidagi hollarda amalga oshiriladi.
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonunning 49-moddasiga asosan, pensiyalarni qayta hisoblash quyidagi hollarda amalga oshiriladi.
- pensioner pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi (pensiya tayinlanishigacha bo‘lgan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi hamda boshqa) qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etganda;
- nogironlik guruhi o‘zgarganda;
- boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oladigan oila a’zolari soni o‘zgarganda;
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari o‘zgarganda;
- daromadlar indeksasiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, fuqaroga I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi.
Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanada ko‘rsatilgan uning yoshiga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan huquqlar paydo bo‘lganidan keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin.
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i B.B.Mavlanov