Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Aliment qancha miqdorda undiriladi?


Aliment qancha miqdorda undiriladi?

 

          Aliment sud tomonidan belgilanganda ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining

     bir bola uchun — to‘rtdan bir qismi;,

     ikki bola uchun — uchdan bir qismi;

     uch va undan ortiq bola uchun — yarmi miqdorida undiriladi.

          Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

          Agar aliment to‘lovchi ishlamasa aliment o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha hisoblab chiqiladi.

          Aliment O‘zbekistonda va uning tashqarisida pul yoki natura tarzida olingan barcha turdagi daromadlardan ushlab qolinadi. Chet el valyutasida olinadigan daromadlar aliment undiriladigan kunda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo‘yicha so‘mlarda hisoblanadi.

          Aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning ish joyidagi ish beruvchi yoki pensiya, nafaqa, stipendiya olayotgan joyidagi tashkilot ma’muriyati aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsga ish haqi to‘langan va (yoki) boshqa daromadlar olingan kundan boshlab, uch kundan kechiktirmay aliment oluvchi shaxsga o‘tkazishi shart.

          Aliment qarzi aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromad yetarli bo‘lmaganda, banklar va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘idan, hamda qonun bo‘yicha undirish qaratilishi mumkin bo‘lgan har qanday mol-mulkiga qaratiladi.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat

          ko‘rsatish markazi boshlig‘i                                             B.B.Mavlanov