Янгиликлар
Bola puli olish uchun oilaning necha oylik daromadi xisoblanishi kerak ?
Bola puli olish uchun oilaning necha oylik daromadi xisoblanishi kerak ?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha daromad bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oygacha bo‘lgan oxirgi uch oyi uchun hisoblab chiqilgan barcha oila a’zolarining daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila a’zolari soniga va uchga bo‘lish orqali aniqlanadi.
✅ Ya’ni, bolalar nafaqasi chiqishi uchun daromad xisoblashda Siz qaysi oyda ariza bergan bo‘lsangiz o‘sha oydan oldingi uch oy masalan, shu yanvar oyida ariza bersangiz dekabr, noyabr va oktyabr oylaridagi daromadingiz xisoblanishi kerak.
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i B.B.Mavlanov