Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Kimlarga tekinga uy-joy beriladi ?


Kimlarga tekinga uy-joy beriladi ?

✅ Uy-joy kodeksi 19-moddasi va “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga asosan;

quyidagi holatlarda fuqarolarga Davlat tomonidan tekinga uy-joy beriladi.

???? Turar joylari avariya holatida ekanligi yoki tabiiy ofatdan zarar ko‘rganligi belgilangan tartibda tan olingan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tekinga uy-joy beriladi.

???? Fuqarolarning davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan uylari buzilishi natijasida, agar ularga buzilgan uylari evaziga pul tovoni to‘lanmagan bo‘lsa, davlat uy-joy fondi uylaridan olgan turar joylari, shuningdek tabiiy ofatlar oqibatida uylari buzilishi munosabati bilan olgan kvartiralari, bu kvartiralar qachon ajratilganidan qat’i nazar, ularga yoki ularning vorislariga tekinga beriladi.

????Yuqoridagi jumlalarni sodda tilga tarjima qiladigan bo‘lsak sizga uch xil holatda tekinga uy berilarkan;

1)  Yashab kelayotgan uyingiz to‘kilib tushish arafasida bo‘lsa.

2)  Uyingiz tabiiy ofatdan vayron bo‘lgan bo‘lsa.

3)  Uyingiz snosga tushib buzilib puli to‘lanmagan bo‘lsa.

Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat

          ko‘rsatish markazi boshlig‘i                                             B.B.Mavlanov