Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Fuqarolarning murojaatlariga e’tiborsiz bo‘lgan mansabdorlarga javobgarlik bor


Fuqarolarning murojaatlariga e’tiborsiz bo‘lgan mansabdorlarga javobgarlik bor

 

???? Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 43-moddasiga ko‘ra, quyidagi holatlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi:

???? murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;

???? murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;

???? murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;

???? murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;

???? jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik.

❗️Manashunday huquqbuzarlik sodir etgan mansabdor shaxslarning bu harakati ularga nisbatan BXMning 1 baravaridan 3 baravarigacha, ya’ni 300 ming so‘mdan 900 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

✏️ Ma’lumot uchun; murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati 15 kungacha, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar 1 oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat

         ko‘rsatish markazi boshlig‘i                                             B.B.Mavlanov