Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Xodimlarning shaxsiy yig‘majildlari qog‘oz shaklida yuritilishi shartmi?


Xodimlarning shaxsiy yig‘majildlari qog‘oz shaklida yuritilishi shartmi?

 

▪️“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunning 31-moddasiga asosan:

 

“davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari to‘plami elektron shaklda yuritiladi”.

 

Ko‘rib turibsizki, davlat fuqarolik xizmatchisi bo‘lgan xodimlarning shaxsiy yig‘majildlari elektron shaklda yuritilishi kerak. Ya’ni, bunday xizmatchilarning shaxsiy yig‘majildlariga elektron shaklda yuritish talabi belgilandi va bunda qog‘oz shakl majburiy emas.

 

Biroq, davlat fuqarolik xizmatchisi hisoblanmagan boshqa xodimlar uchun yuqoridagi elektron shaklga oid talablar qo‘yilmagan.

 

Qonunchiligimizda xodimlarning shaxsiy yig‘majildlarini qog‘oz shaklda yuritilishi, umuman shaxsiy yig‘majildlar yuritilishi borasida umumiy talablar yo‘q.

 

Hozirgi paytda bu amaliyot korxona va tashkilotlarda ish muomalasi odatidan kelib chiqqan holda yuritilmoqda.

 

Shuningdek, ba’zi korxonalar (asosan davlat ishxonalari) shaxsiy yig‘majildlar yuritilishini, masalan, shaxsiy yig‘majild hujjatlarini qog‘oz shaklda hamda maxsus papkalarda saqlanishini o‘z ichki lokal hujjatlari bilan belgilab olganlar.

 

Umumiy javobimiz, qonunchilikda xodimlarning shaxsiy yig‘majildlarini qog‘oz shaklda yuritishga oid majburiy talablar mavjud emas.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat

          ko‘rsatish markazi boshlig‘i                                             B.B.Mavlanov