Янгиликлар
Fuqaro murojaatiga davlat organi 5 oy davomida javob qaytarmasa nima qilish mumkin?
Fuqaro murojaatiga davlat organi 5 oy davomida javob qaytarmasa nima qilish mumkin?
Assalomu alaykum. Fuqaro murojaatiga davlat organi tomonidan ariza berilgan kundan boshlab 5 oy davomida ham javob berilmagan. Shu buyicha hozir prokuraturaga murojaat qilsa buladimi?
❗️Bu vaziyatda tuman prokuraturasiga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz. Haqiqatda ham sizning huquqingizni buzilgan deb hisoblaymiz.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunning 28-moddasiga ko‘ra ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Mazkur qonunning 27-moddasida murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan qaror qabul qilinishi hamda bu haqda murojaat qiluvchiga darhol yozma yoki elektron shaklda xabar qilinishi belgilangan.
✅ Bundan ko‘rinib turibdiki, yuqoridagi organlar sizga 15 kunlik muddat ichida yozma javob berishi kerak.
Shuningdek, Prokuratura to‘g‘risidagi qonunning 7-moddasiga ko‘ra prokuratura organlari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadilar, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radilar.
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i B.B.Mavlanov