Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

KIMLAR VA QANDAY HOLLARDA "TEMIR DAFTAR"DAN ChIQARILADI ?


KIMLAR VA QANDAY HOLLARDA "TEMIR DAFTAR"DAN ChIQARILADI ?

 

               Vazirlar Mahkamasining 250-son qaroriga ilova qilib keltirilgan vaqtinchalik tartibga ko‘ra,

ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar quyidagi hollarda «Temir daftar»dan chiqariladi:

Bandligi ta’minlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganda;

Bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish orqali muammosi hal etilganda oila a’zosining roziligi bilan;

Malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilganda;

To‘liq davlat ta’minotiga olinganda («Mehribonlik», «Saxovat» va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalarga o‘tkazilganda);

 

               Aniqlangan boshqa muammolari qonuniy hal etilganda;

Yolg‘iz yashaydigan ehtiyojmand fuqaro ozodlikdan mahrum etilganda yoki vafot etganda;

Oila a’zosining murojaatiga asosan;

«Temir daftar»ga noqonuniy kiritish holati aniqlanganda;

Boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda.

Ikki va undan ortiq masalalarini hal etish uchun kiritilgan oilalarning barcha masalalari to‘liq hal etilganda.

Doimiy va vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga ko‘chib o‘tganda,

Demak, kim nima muammo bilan"Temir daftar"ga kiritilgan bo‘lsa, o‘sha muammolari hal etilmagunicha u daftardan chiqarilmasligi kerak.

 

Quyi Chirchiq tuman adliya bo’limi yuridik

xizmat ko‘rsatish markazi boshlig’I                                        Sh.I.Suleymanov

11.08.2024 yil