Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Jarima vaqtida undirilmasa, uni to‘lamaslikka huquqingiz bor?


Jarima vaqtida undirilmasa, uni to‘lamaslikka huquqingiz bor?

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 332-moddasi mazmuniga ko‘ra jarima 60 kundan kechiktirmay to‘lanishi kerakligi va bunda ushbu muddat jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan boshlab o‘tishi keltirilmoqda.

Agar jarima yuqoridagi muddat ichida to‘lanmasa, unda avtotransport vositasi jarima maydonchasida jarima to‘lanmaguncha ushlab turiladi (MJTK 291-m).

Shaxs yo‘l harakati qoidalarini buzdi, YPX xodimi huquqbuzarlikni aniqladi va haydovchiga jarima jazosini qo‘lladi deylik. Haydovchi bundan qachon xabardor qilinadi?

❗️Yuqoridagi kodeks 309-1-moddasiga binoan huquqbuzarlik sodir etilgan va buning uchun jarima solish haqidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab 3 kun ichida qaror nusxasi huquqbuzarga yetkazilishi shart.

Agar ushbu muddatda yetkazilmasa nima bo‘ladi?

E’tibor bering! Ichki ishlar vazirining 2011 yil 31 maydagi ????68-son buyrug‘i???? 69-bandiga muvofiq agar ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab uch oy mobaynida ijroga qaratilmagan bo‘lsa (qaror nusxasi huquqbuzarga topshirilmagan, huquqbuzarning ishlash, yashash joyiga yoki davlat ijrochisiga yuborilmagan bo‘lsa va h. k.), u holda bunday qaror ijro etilmaydi.

❌ Bundan ko‘rinib turibdiki, jarima solish haqidagi qaror nusxasi MJTK 309-1-moddasida belgilangan muddatda huquqbuzarga yetkazilmasa, unda bu qaror ijroga qaratilmaydi.

✅ Soddaroq aytganda, agar qaror nusxasi yuborilmagan bo‘lsa, unda jarimani to‘lamasa ham bo‘ladi.

Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat

           ko‘rsatish markazi boshlig‘i                                             B.B.Mavlanov