Янгиликлар
Xususiy oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?
Xususiy oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2022 yildagi PQ-279-son qarori 7-bandiga ko‘ra talabalar o‘qishini respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan:
???? davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish mazkur bandning «a» kichik bandida nazarda tutilgan tartibda;
???? davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi.
Mazkur bandning «a» kichik bandiga asosan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishda:
???? talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi. Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan, test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi;
???? test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15 iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
???? o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;
???? test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat test markazi hamda tegishli oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
✅ Shunday ekan yuqoridagi talablar asosida xususiy OTMdan davlat OTMsiga o‘qishni ko‘chirish mumkin.
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i B.B.Mavlanov