Янгиликлар
Ish haqini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun javobgarlik bormi?
Ish haqini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun javobgarlik bormi?
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 161-moddasi birinchi qismida mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emasligi qayd etilgan.
☝️Shu qoidaning mazmuniga ko‘ra ish beruvchi sizlarga ish haqini yuqoridagi tartibda to‘lashi kerak.
Endi qarang! ushbu normaning to‘rtinchi qismiga muvofiq jamoa shartnomasida ish beruvchining aybi bilan xodimga haq to‘lash belgilangan muddatlarga nisbatan kechikkanligi uchun javobgarlik nazarda tutilishi mumkin.
✅ Shunga ko‘ra javobgarlik masalasini (ya’ni neustoyka yoki kompensatsiya) jamoa shartnomasidan topish mumkin.
❗️Shuni ham aytish kerakki, bunday vaziyatlarda ish beruvchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 49-moddasi bilan (ya’ni mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ushbu vaziyatda tuman adliya bo‘limiga murojaat qilish lozim.
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i B.B.Mavlanov