Янгиликлар
Zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi
Zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi
Farmonga muvofiq, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tomonidan uzluksiz ravishda zarur miqdordagi qimmatbaho metallar bilan ta’minlanadi.
2024 yil 1 sentyabrdan:
- “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lgan affinaj korxonalariga “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida 100 foiz oldindan to‘lov shartlarida qimmatbaho metallarni sotib olish va keyinchalik ularni qulay bo‘lgan shakl va miqdorlarga keltirgan holda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga sotish huquqi beriladi;
- zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga o‘zlari yasagan yarim tayyor zargarlik buyumlarini boshqa zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga realizatsiya qilishga ruxsat etiladi.
2024 yil 1 oktyabrdan 2027 yil 1 oktyabrgacha:
- zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlarini import qilishda maxsus turdagi tovarlar importi uchun litsenziya olish talabi bekor qilinadi;
- O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan va zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi.
Quyi Chirchiq tuman adliya bo’limi yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi boshlig’I Sh.I.Suleymanov
01.08.2024 yil