Янгиликлар
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer hududi – bu nima?
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer hududi – bu nima?
Ayni paytda O’zbekistonda o'n minglab o'zboshimchali bilan qurilgan binolar mavjud. Hech kim aniq statistikani yuritmaydi, shuning uchun raqamlar ko'proq bo'lishi ham mumkin. Bunday binolar orasida qonuniylashtirilishi mumkin bo'lgan binolar ham bor, shuningdek, buzilishi aniq bo’lgan bino turlari ham mavjud.
O’zboshimchalik bilan qurilgan binolar - ruxsat etilmagan qurilish turi sanaladi. Ya'ni, bu hech qanday ruxsatnomasiz yer hududida qurilgan ko'chmas obyekt. Bu yerdan noto'g'ri foydalanishni o'z ichiga olib, ushbu ta'rif standartlarni buzgan holda qurilgan va hayot uchun xavfli bo'lgan barcha binolarni o'z ichiga oladi.
Agar bino tegishli ruxsatnomasiz qurilgan deb topilsa, unga quyidagilar qo'llaniladi:
ro'yxatga olishni taqiqlash;
foydalanishni cheklash;
sotish yoki ijaraga olishni taqiqlash.
Amaldagi qonunchilikka ko'ra, o'zboshimchalik bilan qurilishga mahalliy ma'muriyatdan ruxsat olinmagan har qanday binolar kiradi.
Odatda, o’zboshimchalik bilan qurilgan joy sifatida aynan turar-joy binosini nazarda tutiladi, garchi xo’jalik binolar ham shunday bo'lishi mumkin. Bunday holda, o’zboshimchalik orqali qurilish bir necha turga bo'linadi. Ushbu nyuanslarni bilib, nima uchun binoni ruxsatsiz qurilish deb hisoblash mumkinligini va qonun bilan ziddiyatga tushmaslik uchun nima qilish kerakligini tushunib olsak, maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Ruxsatsiz binolar quyidagi turlarga bo'linadi:
-Bino qurilish uchun mo'ljallanmagan yerlarda joylashgan. Bunday holatda, agar biron-bir tarzda mulk uchun hujjatlarni olish mumkin bo'lsa ham, u hali ham noqonuniy hisoblanadi, chunki dastlab hududning maqomi bilan bog'liq muammolarni hal qilish kerak;
-Uy-joy tasdiqlangan loyiha va ruxsatnomalarsiz qurilgan. Qurilish murakkab jarayon bo'lib, u boshqa narsalar qatorida byurokratiyani ham o'z ichiga oladi. Ishni boshlashdan oldin qonun hujjatlari to'plamini olishni talab qiladi. Ya’ni, hokimiyat organlaridan tegishli ruxsatnomalarni olish talab etiladi.
Mazkur binolar O’zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonuni asosida tartibga solinadi.
Toshkent tumani YXKM bosh yuriskonsulti M.Kurbanov