Янгиликлар
AMALDAGI NIZOMGA KO'RA METODBIRLASHMA RAHBARI VA A'ZOLARINING MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA
AMALDAGI NIZOMGA KO'RA METODBIRLASHMA RAHBARI VA A'ZOLARINING MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA
Metodbirlashma rahbarining majburiyatlari:
Metodbirlashmaning ish rejasini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish;
yosh oʻqituvchilarga uslubiy yordam koʻrsatish;
tegishli fanlarni oʻqitish sifatiga eʼtibor berish, Metodbirlashma faoliyati yuzasidan pedagogik kengashga hisobot berish;
taqvim-mavzu rejalarning oʻqituvchilarga yetkazilishini taʼminlash;
ochiq dars hamda mahorat darslarini tashkillashtirish.
Metodbirlashma har bir aʼzosining majburiyatlari:
har bir oʻqituvchi kamida bitta Metodbirlashmaga aʼzo boʻlishi;
Metodbirlashma oʻtkazadigan yigʻilishlari va tadbirlarda qatnashishi;
uzluksiz kasbiy rivojlanish uchun doimiy harakatda boʻlish;
pedagogning huquqiy-meʼyoriy faoliyatini bilishi va unga amal qilishi; formativ va summativ baholash jarayonlarini toʻgʻri tashkil etish;
pedagogik faoliyatida oʻz-oʻzini tahlil qilib borishi lozim.
Asos: MMTV ning 2024-yil 5-yanvardagi 8-sonli buyrug‘i
Bekobod tuman adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti X.M.Rizaqulov