Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Mehnat ta’tili davri uchun ta’til puli qanday hisoblanadi?


Mehnat ta’tili davri uchun ta’til puli qanday hisoblanadi?

Javob: Mehnat kodeksining 216-moddasi birinchi qismiga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish o‘rni (lavozimi) hamda o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda xodim ishdan ozod etiladigan, xodimga har yili ish yili davomida beriladigan vaqt davridir.

Mehnat kodeksining 233-moddasi birinchi qismiga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi.

Mehnat kodeksining 221-moddasining ikkinchi qismida har yilgi mehnat ta’tillari davomiyligini hisoblab chiqarishda ishlanmaydigan bayram kunlari hisobga olinmasligi belgilanganligi uchun ta’til davriga to‘g‘ri kelib qoladigan bayram kunlari uchun o‘rtacha ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydi.

Mehnat kodeksining 257-moddasining to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlarida ish kunlarining o‘rtacha oylik soni (25,3) belgilanishida olti kunlik ish kunlari hisobga olingan.

Mazkur moddaning o‘n ikkinchi qismida alohida hollar uchun xodimlarning o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi ko‘rsatilgan bo‘lib, mehnat ta’tili vaqtidagi yakshanba (dam olish kuni) uchun haq to‘lash Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-son qarori bilan “Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlari” tasdiqlandi va uning izoh qismida ta’til uchun haq to‘lashda yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmasligi belgilandi.

Shunga ko‘ra, mehnat ta’tili vaqtidagi yakshanba va bayram kunlari uchun haq to‘lanmaydi.

Bekobod tuman adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti X.M.Rizaqulov