Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Ayrim tovarlar va xizmatlar bo’yicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi


Ayrim tovarlar va xizmatlar bo’yicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi

“O’zbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga o’zgartirishlar va qo’shimcha kiritish, shuningdek, ba’zilarini o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risida”gi Prezident Farmoni (PF-140-son, 18.09.2024 y.) qabul qilindi

Farmonga ko’ra, 2025-yil 1-yanvardan:

yo’lovchilarni yagona tariflar bo’yicha tashish xizmatlarini ko’rsatish aylanmasi hamda nogironligi bo’lgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizasiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlar bekor qilinadi;

yangi barpo etilayotgan bog’lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ini to’lashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozni bekor qilgan holda, mazkur yer uchastkalari bo’yicha soliq stavkasi
50 foizga kamaytiriladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov