Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari foydalanuvchilari mol-mulk va yer solig’idan ozod etiladi.


Qayta tiklanuvchi energiya manbalari foydalanuvchilari mol-mulk va yer solig’idan ozod etiladi.

Qonunchilikka ko’ra, umumiy quvvati 100 kVtgacha bo’lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o’rnatgan va ulardan foydalanuvchi shaxslar, ular foydalanishga topshirilgan kundan e’tiboran 3 yil muddatga, quyidagi soliqlarni to’lashdan ozod etilishi belgilangan:

ushbu qurilmalar bo’yicha – yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, alohida turuvchi qurilmalar bilan band bo’lgan yer uchastkalari bo’yicha - yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ini, elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotishdan olingan foyda bo’yicha – foyda solig’ini;

uy-joy fondining ko’chmas mulk obyektlari bo’yicha jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ini.

Agar quyosh panellari quvvatining 25 foizidan kam bo’lmagan elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o’rnatilgan bo’lsa, yuqoridagi soliq imtiyozlari
10 yil muddatga qo’llaniladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov