Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo’lganlarga 120 million so’mgacha ipoteka krediti beriladi


Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo’lganlarga 120 million so’mgacha ipoteka krediti beriladi

“2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident Farmoni (PF-70-son, 30.04.2024 y.) qabul qilindi

Farmonga ko’ra, 2024-yil 1-iyundan “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag’allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo’lgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi.

Bunda:

ipoteka kreditlari 120 million so’mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan to’rt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash maqsadlari uchun ajratiladi;

ipoteka krediti bo’yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to’lovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to’lanadi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov