Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Ayrim tadbirkorlarga molk-mulkini va yer solig’i bo’yicha imtiyoz beriladi


Ayrim tadbirkorlarga molk-mulkini va yer solig’i bo’yicha imtiyoz beriladi

Qonunchilikka ko'ra, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida, tadbirkorlar tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganlar ishga qabul qilinganda, 2025-yil 1-yanvargacha:

tadbirkorlar ushbu fuqarolarga kamida 1 yil davomida har oy mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 1 baravari miqdoridan kam bo'lmagan ish haqi to'lab, bandligini ta'minlagan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda, mol-mulk solig'i va yer solig'idan imtiyoz beriladi;

fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo'lmagan miqdorda hisoblanganda, oylik ish haqi bo'yicha to'langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i respublika byudjetidan ish beruvchiga (har bir ishchiga BHMning 2 baravarigacha) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi
50 foizga kamaytirilgan holda qo'llaniladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov