Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslar qo’llab-quvvatlanadi


Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslar qo’llab-quvvatlanadi

 

“Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident Farmoni (PF-59-son, 04.04.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko’ra, quyidagilar tashkil etiladi:

Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (Agentlik);

Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida 4 shtat birligidan iborat bo’lgan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo’limi (Bo’lim);

Shuningdek, quyidagilar kiritiladi:

kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirining o’rinbosari – Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori lavozimi;

O’zbekistonning Buyuk Britaniya, BAA, Vengriya, Germaniya, Latviya, Polsha hamda Yaponiya davlatlaridagi diplomatik va konsullik muassasalari shtat jadvaliga qo’shimcha ravishda 1 ta shtat birligidan iborat mehnat migratsiyasi masalalari bo’yicha attashe lavozimi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov