Янгиликлар
Tergov sudyasi o’z faoliyatini mustaqil amalga oshiradi hamda faqat qonunga bo’ysunadi
Tergov sudyasi o’z faoliyatini mustaqil amalga oshiradi hamda faqat qonunga bo’ysunadi
“Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Farmoni (PF-89-son, 10.06.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq,
tergov sudyasi o’z faoliyatini mustaqil amalga oshirib, faqat qonunga bo’ysunadi hamda tergov sudyasiga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lmagan har qanday vazifalar yuklatilishiga yo’l qo’yilmaydi;
tergov sudyalarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish, shuningdek, sudyalar korpusini shakllantirish qonunda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi;
tergov sudyasining tashkiliy faoliyatiga rahbarlik tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Harbiy sud raislari tomonidan amalga oshiriladi.
Qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlash tergov sudyasi faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri etib belgilandi.
Tergov sudyasi lavozimi uchun shtat birliklari sudlarning mavjud shtat birliklari hamda 2025–2027 yillar uchun ajratiladigan qo’shimcha shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Boshlig’i A.Toshmatjonov