Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Mol-mulkni sotishda qaysi holatda er yoki xotinning ruxsati talab etilmaydi


Mol-mulkni sotishda qaysi holatda er yoki xotinning ruxsati talab etilmaydi

Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. SHunga ko'ra, notariuslar tomonidan bitimni tasdiqlashda avtomashina egasining turmush o'rtog'ining roziligi talab etiladi.

Quyidagi hollarda esa bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi:

nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan;

meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo'yicha olingan;

nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo'lsa;

er-xotin o'rtasidagi mulkni bo'lish to'g'risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo'lsa.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                          A.Toshmatjonov