Янгиликлар
Axborot texnologiyalari yo’nalishida yutuqlarga erishgan xotin-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi
Axborot texnologiyalari yo’nalishida yutuqlarga erishgan xotin-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi
Prezident farmoni (PF-34-son, 07.02.2024 y.) bilan “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmonga o’zgartirish kiritildi.
Unga ko’ra, endilikda axborot texnologiyalari yo’nalishida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi Oila va xotin-qizlar qo’mitasi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat ko’rsatishi hamda unga Bosh vazir o’rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo’mitasi raisi rahbarlik qilishi belgilandi.
Bundan tashqari, mukofotini olish uchun talabgorning so’nggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilandi.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Boshlig’i A.Toshmatjonov