Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ'ibotning innovatsion usullaridan foydalaniladi


Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ'ibotning innovatsion usullaridan foydalaniladi

 

“2024-2025 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi Hukumat Qarori (588-son, 18.09.2024 y.) qabul qilindi.

Unga ko'ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi 2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi:

shaxs, davlat va jamiyatning o'zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ'ibotning innovatsion usullarini joriy qilish;

aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;

huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish.

Shuningdek, Dasturda belgilangan chora-tadbirlar o'z vaqtida, to'liq va sifatli amalga oshirilishi hamda natijasi bo'yicha ma'lumotlar har chorak yakunida Adliya vazirligiga taqdim etib borilishi uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov