Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Korrupsiya – jamiyat rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omil.


       Korrupsiya – jamiyat rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omil.

         Bugungi kunda jahon hamjamiyati oldida korrupsiya davlatlar rivojlanishiga, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy yuksalishiga to’sqinlik qilayotgan salbiy illat sifatida paydo bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Korrupsiyaning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investisiya muhitini yaratib bo'lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog’i rivojlanmaydi”. Haqiqatdan ham, korrupsiyaviy jinoyatlar davlatning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi, shuningdek xalqning davlat organlariga nisbatan ishonchini susaytiradi. Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir davlat uchun eng muhim vazifalardan biridir.

         Avvalo, korrupsiyaga oid xatti-harakatlarni tartibga soluvchi va jazolaydigan qonunchilik bazasini yaratish zarur. Qonunlar va jazolar qat'iy hamda adolatli bo'lishi kerak. Korrupsiyaga moyil mansabdor shaxslar maqomi yoki aloqalari tufayli jazodan qutulib qolmasligi uchun sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash ham muhim rol o‘ynaydi.

         Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan ilk kunlardanoq korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bir qator Qonun va qonunosti hujjatlar qabul qildi. Jumladan, 2017-yilning 3-yanvarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi 419-sonli qonun qabul qilindi. Mazkur qonun korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlarini belgilab berdi va korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati tartibga solinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning qonuniy asosi yaratildi. Mazkur qonunning 3-moddasida korrupsiya tushunchasiga ta’rif berilgan. Unga ko’ra, korrupsiya – shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foidalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir.

         Ta’kidlash joizki, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturining tasdiqlanishi yurtimizda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilishini ta'minladi. Misol uchun, qisqa vaqt ichida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid beshta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash to‘g‘risida”gi, “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.

         Bugungi kunda, fuqarolar korrupsiyaga duchor kelishganda ular O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining (+998) 71 202 04 02 ishonch nomeriga yoki @antikorbot telegram boti orqali murojaat qilishlari mumkin.

Toshkent tumani YXKM bosh yuriskonsulti M.Kurbanov