Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

XODIMGA VAQTINCHA VAZIFA QANDAY YUKLANADI?


XODIMGA VAQTINCHA VAZIFA QANDAY YUKLANADI?

Amaliyotda xodim oʻzining asosiy ishidan tashqari yana qoʻshimcha ish bajaradigan vaziyatlar yuzaga keladi. Misol uchun taʼtilga chiqqan xodim uchun yoki boʻsh lavozim boʻyicha tegishli nomzod-mutaxassisni izlash davrida. Bu davrda albatta turli sabablarga koʻra ishda boʻlmagan xodimning vazifasi vaqtincha boshqa xodimga yuklanadi. Bunday mehnat munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat odeksining 116-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom bilan tartibga solinadi. Nizom oʻrindoshlik asosida ishlash, bir necha kasbda va lavozimda ishlash va xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirish, ishlar hajmini koʻpaytirish kabi mehnat munosabatlarini tartibga soladi. Shu oʻrinda biz manashu mehnat munosabatlariga aniqlik kiritib olishimiz lozim. Oʻrindoshlik asosida ishlash — xodimning oʻzining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan boʻsh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq toʻlanadigan ishni bajarishi tushuniladi. Xodim tomonidan mehnat shartnomasida koʻrsatilgan oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim boʻyicha belgilangan ish vaqti davomida boshqa kasb va lavozimdagi qoʻshimcha ishni bajarish bir necha kasbda va lavozimda ishlash hisoblanadi.

Xodim tomonidan mehnat shartnomasida koʻrsatilgan oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim boʻyicha belgilangan ish vaqti davomida oʻsha kasb va lavozimdagi qoʻshimcha ishlarni bajarish xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirish, ishlar hajmini koʻpaytirish hisoblanadi. Bir necha kasbda va lavozimda ishlashga, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini koʻpaytirishga shunday kasb va lavozim boʻyicha boʻsh ish oʻrni mavjud boʻlganda yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xodim tomonidan vaqtinchalik yoʻq boʻlgan xodimning vazifalarini bajarishda yoʻl qoʻyiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 116-moddasiga asosan xodim qoʻshimcha ishni qaysi muddat ichida bajaradigan boʻlsa, oʻsha muddat, uning mazmuni va hajmi ish beruvchi hamda xodim oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha belgilanadi. Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga koʻra xodim tomonidan qoʻshimcha ishni bajarish muayyan muddatga yoxud nomuayyan muddatga belgilanishi mumkin.

Xodimning zimmasiga vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning majburiyatlarini mehnat shartnomasida belgilangan asosiy ishdan ozod etilmagan holda bajarishni yuklatish vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning oʻrniga ishlash muddati bilan chegaralanadi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoʻshimcha ishning xodim tomonidan bajarilishi toʻgʻrisidagi kelishuvga mehnat shartnomasining taraflari xodimni ishga qabul qilishda yoki xodim tomonidan xuddi oʻsha ish beruvchida mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida erishishi mumkin. Agar xodim tomonidan ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan qoʻshimcha ish doimiy asosda bajarilishi haqidagi kelishuvga mehnat shartnomasining taraflari xodimni ishga qabul qilish chogʻida erishgan boʻlsa, bu mehnat shartnomasida uning qoʻshimcha sharti sifatida koʻrsatiladi. Agar xodim ushbu ish beruvchida mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida taraflar ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xat-boshilarida nazarda tutilgan qoʻshimcha ish xodim tomonidan doimiy asosda bajarilishi toʻgʻrisida kelishib olgan boʻlsa, bunday kelishuv mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv tarzida rasmiylashtiriladi. Xodimning ish beruvchi bilan kelishuvga koʻra belgilangan muddat mobaynida qoʻshimcha ishni bajarishga roziligi mehnat shartnomasiga oʻzgartishlar kiritilishini talab etmaydi va ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.

Xodim buyruqning matni bilan tanishtirilishi va rozi boʻlgan taqdirda uni imzolashi kerak.

Amaliyotda misol uchun kutubxonachi yoki kimiyo-biologiya fanlari бўйича лаборантлари турли сабабларга кўра ишда бўлмаган даврларда уларни вазифасини мактаб Маънавий ва маърифий ишлар бўйича директор ўринбосари ёки мактаб психологига вақтинча юклаш ҳоллари учрамоқда. Воҳоланки Низомнинг 21-бандида Касблар ва лавозимларда бир неча касб ва лавозим асосида ишлашга, хизмат кўрсатиш зонасини кенгайтиришга, ишлар ҳажмини кўпайтиришга, қоидага кўра, жумласига ушбу ходим кирадиган ходимларнинг ана шу тоифаси доирасида рухсат этилади, деб белгиланган.

Ularning toifasiga eʼtibor beradigan boʻlsak maktabning direktor oʻrinbosarlari boshqaruv xodimlar toifasiga kiradi va yuqorida aytib oʻtilgan xodimlar esa taʼlim jarayoniga xizmat koʻrsatuvchi mutaxasis xodimlar toifasiga kiradi, yaʼni bu holat Nizom talablariga muvofiq emas.

Yana amaliyotda xodimlarga qoʻshimcha vazifalarni bajarganliklari uchun haq toʻlash boʻyicha tushunmovchiliklar vujudga kelmoqda. Misol uchun maktab direktori va maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari ular turli sabablarga koʻra ishda boʻlmagan paytlarda ularni vazifalari vaqtincha yuklangan xodimga haq toʻlash boʻyicha. Bu holatlarda avvalan bor ularni lokal hujjatlariga murojaat etamiz. Umumtaʼlim maktablarining Ustavida maktab direktori ishda boʻlmagan paytda uning vazifasini maktab OʻIBDOʻ bajarishi belgilangan.

DMTT xodimlarining lavozim tavsiflarida esa metodist direktor yoʻqligida uning lavozim vazifasini bajarishi belgilangan. Shu oʻrinda Nizom ning 25-bandi 2-qismida byudjet tashkilotlarida bir necha kasbda va lavozimda ishlayotganlik uchun qoʻshimcha haq shunday kasb va lavozimdagi ish asosiy ish boʻyicha mehnat majburiyatlariga kiritilgan hollarda belgilanmaydi, deb koʻrsatilgan. Bundan tashqari umumtalim maktablari pedagog xodimlari turli sabablarga koʻra ishda boʻlmagan davrda ularni vazifasini yuklash boʻyicha ham tushunmovchiliklar uchrab turibdi. Albatda maktablarda boʻlinmay oʻtiladigan sinflardagi darslar fan oʻqituvchisi ishda boʻlmagan davrda uning dars soatlari mutaxasisligiga qarab boshqa oʻqituvchiga yuklanadi va bu dars soatlari uchun qoʻshimcha haq soatbay toʻlab beriladi.

Endi boʻlib oʻtiladigan sinflardagi dars soatlari boʻyicha, bu holatda Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 275-son qaroriga 3-ilova “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatigahaq toʻlash toʻgʻrisida” nizomning 22-bandida boʻlib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha guruhlardan birining oʻqituvchisi turli sabablarga koʻra darsda boʻlmagan holatlarda guruhlar qoʻshib oʻqitiladi hamda qoʻshib oʻqitganligi uchun qoʻshimcha haq toʻlovlari amalga oshirilmaydi, deb belgilangan.

Tuman adliya boʻlimi YUXKM

bosh yuriskonsulti B.Raximov