Янгиликлар
«Samosud» haqida qonunlarda qanday taqiqlar bor?
«Samosud» haqida qonunlarda qanday taqiqlar bor?
Qonunchiligimizga koʻra birorta jinoyat qilgan shaxsning xatti-harakatlari sudda, oshkora koʻrilib, sud tomonidan uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor emas.
Yaʼni Siz kimningdir bevosita qotilligiga oʻz koʻzingiz bilan guvoh boʻlgan boʻlsangiz ham, qonun Sizga u shaxsni jinoyatchi, aybdor deb atashingizga ruxsat bermaydi. Soʻngi soʻzni faqat sud aytadi. Maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ham ularning turi va darajasiga qarab turli idoralar va sudlar tomonidan koʻrib baho beriladi.
«Samosud» uchun qanday javobgarlik bor?
Avvalambor, «samosud» qilganlar oʻz hayoti va sogʻligʻini xatar ostiga qoʻyadi. Har qanday «samosud» uchun xoh u yengil boʻlsin xoh ogʻir – javobgarlik bor.
«Samosud» natijasida koʻp miqdorda zarar (BHMning 300-500 baravarigacha) yetkazilsa u jinoyat deb baholanadi va BHMning 50 baravarigacha jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Albatta, bunda jarima yoki boshqa jazolardan tashqari yetkazilgan zarar oʻrnini ham qoplash kerak boʻladi. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda «samosud» qilish oqibatida boshqalarning manfaatlariga jiddiy zarar yoki ziyon keltirmaganlik uchun jazo belgilangan.
Bu hali hammasi emas «Samosud» natijasida fuqaroga tan jarohati yetkazilsa, unga nisbatan tuhmat, haqorat, tovlamachilik qilinsa Jinoyat kodeksida belgilangan boshqa jazolar ham qoʻllaniladi.
Toshkent tumani Yuridik
xizmat koʻrsatish markazi
rahbari
S.Raxmatov